«Dok-1 Maks» ishi. Sardor Kariyevni onasi 75 mlrddan ortiq mablag‘ evaziga jazodan qutqarib qolmoqchi

«Dok-1 Maks» ishi. Sardor Kariyevni onasi 75 mlrddan ortiq mablag‘ evaziga jazodan qutqarib qolmoqchi

O‘zbek-arab qo‘shma korxonasi hisoblangan Jurabek laboratories O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan «Dok-1 Maks» jabrlanuvchilariga sud tomonidan belgilangan 75 milliard 756 million so‘m miqdoridagi ma’naviy zararni 3 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lab berish taklifi bilan chiqdi. Bunday iltimosnomani korxonaning ayni kundagi direktori Munira Kariyeva (u Farmasevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi) Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi va apellyasiya instansiyasiga kiritgan.

Munira Kariyeva Jurabek laboratories ta’sischilaridan biri sifatida bu mablag‘larni korxona daromadidan dividend sifatida yechib olishini, bunga esa ko‘proq muddat ketishini, MCHJ hisobidan birdaniga 75 mlrd so‘mni yechib olish imkoni yo‘qligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, sud hukmi bilan Farmasevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!