Xorazmda er xotinining boshiga bolta bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

Xorazmda er xotinining boshiga bolta bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

Xorazm viloyati Shovot tumanida er xotinining boshiga 17 marta bolta bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 2023 yil 16 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Tunda erkak hech bir sababsiz uni ayoli sehr-jodu qilib kelayotganini, shuning uchun kechalari uxlay olmasligini aytib, xotini bilan janjallashgan.

Janjal vaqti erkak bolta bilan 49 yildan beri yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘ining bosh qismiga 17 marta va chap qo‘l uchinchi barmog‘iga bir marotaba urgan. Ayol og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Hodisadan so‘ng er o‘zini ham o‘ldirishga uringan. Biroq xodimlar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qolgan.

72 yoshli er Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topildi va 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!