14 may - ota-onalar xotirlash diniy tadbiri tufayli vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

14 may - ota-onalar xotirlash diniy tadbiri tufayli vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Toshkent shahrida 14 may kuni xristianlik dinining ota-onalarni xotirlash tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan 2 ta vaqtinchalik harakatlanuvchi bir kunlik yo‘nalishlar tashkil etiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yo‘nalish raqamlari quyidagicha:

  • K-1 — «Buyuk Ipak yo‘li» metrosi, Muhammad Yusuf (Dog‘iston) ko‘chasi — 3-sonli qabriston (O‘rtasaroy);
  • K-2 — «Qo‘yliq» dehqon bozori — 3-sonli qabriston.

avtobus, avtobus yo‘nalishi, avtobuslar harakati

avtobus, avtobus yo‘nalishi, avtobuslar harakati

Ikkala yo‘nalish uchun jami 8 ta MAN avtobuslari ajratiladi. Yo‘lkira haqi 5 ming so‘m bo‘ladi, avtobuslar 7:00 dan 18:00 gacha harakatlanadi.

Bundan tashqari, 1-sonli qabriston (Botkin ko‘chasi) orqali harakatlanuvchi 1, 14, 16, 21, 30, 80, 96-sonli yo‘nalishlarda va 2-sonli qabriston (Do‘mbirobod) orqali harakatlanuvchi 17t, 98-sonli yo‘nalishlarda qatnov muntazamligi ta’minlanishi va oraliq interval vaqtlariga rioya etilishi qat’iy nazoratga olinadi.

Xabarda bu harakat xristianlik diniga mansub aholining «transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida» amalga oshirilgani qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!