Namanganda bog‘cha bolalari qabristonga olib borilgani rostmi?

Namanganda bog‘cha bolalari qabristonga olib borilgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalari qabristonga olib borilgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Rasmiy munosabatga ko‘ra, Chortoq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 9 may “Xotira va qadrlash kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiya xati berilgan.

Biroq 2024 yil 8 may kuni YATT U.M. tomonidan Damas avtomashinasida o‘rindiqlardan ortiqcha bolalarni olib, tuman markazida joylashgan Xotira maydoniga muassasa tarbiyalanuvchilari olib borilgan. Xotira maydonidan qaytishda YATT U.M. tomonidan yaqin va bir yo‘nalishda bo‘lganligi uchun so‘roqsiz Tol mozor qabristoniga bog‘cha tarbiyalanuvchilar bilan birga kirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib YATT U.M. bilan bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan suhbatlashildi. 2024 yil 13 may kuni YATT U.M.ni tushuntirish xati va uning xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha hujjatlar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga taqdim qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!