G‘azoda 500 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan

G‘azoda 500 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan

G‘azo sektorida 7 oktyabrdan beri 500 shifokor va tibbiyot xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda har yili 12 may kuni nishonlanadigan “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan Dayr Al-Bala shahrida uyushtirilgan hamshiralar mitingida so‘zga chiqqan Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Xalil Al-Dakran ma’lum qildi. Jumladan, 138 nafar hamshira Isroilning G‘azodagi hujumi qurboniga aylangani ta’kidlandi.

Al-Dakran eslatishicha, ziddiyat avj olgandan beri G‘azoda 40 mingdan ko‘p inson hayotdan ko‘z yumgan yoki bedarak ketgan, 70 mingdan ziyod inson jarohatlangan. Tibbiy xizmatchilardan marhum 500 nafari o‘qqa nishon bo‘lgan, 1500 nafari yaralangan, 312 nafar xodim asir olingan.

Matbuot kotibi 33 kasalxona, 53 tibbiyot markazi va 133 tez yordam mashinasi vayron qil inganini ham qayd etdi.

Ad-Dakran xalqaro hamjamiyatni va dunyodagi ozod odamlarni tibbiy xodimlar va muassasalarni himoya qilish, chegara eshiklari ochilishi uchun bosim o‘tkazish va Falastin anklaviga tibbiy yordam yuborishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!