Mahinur O‘zdemir Go‘ktash: “Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida Turkiya — O‘zbekiston manfaatlari mushtarakdir”

Mahinur O‘zdemir Go‘ktash: “Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida Turkiya — O‘zbekiston manfaatlari mushtarakdir”

Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktash Samarqandda o‘tkazilayotgan “Osiyo xotin-qizlar forumi”ning ochilish marosimidan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Mahinur xonim forumga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayevaning maxsus mehmoni sifatida tashrif buyurganini ma’lum qildi. U Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida xotin-qizlar, oila, bolalar va ijtimoiy masalalarda ham hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini, bu borada ikki davlat manfaatlari mushtarak ekanligini ta’kidladi.

“Turkiy davlatlar har doim xotin-qizlarni himoya qilish, oila mustahkamligini ta’minlashga katta e’tibor qaratib kelgan. Bugungi forum xorijliklarni Turkiyada Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an boshchiligida xotin-qizlarning huquqini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida xabardor qilish imkonini berdi. O‘z navbatida bugungi kunda butun dunyoda tahdidlar, qiyinchiliklar, tazyiqlarga uchrab kelayotgan qizlar, ayollarga yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi harakatlarni yanada kuchaytirish tarafdoriman. O‘zbekiston bu borada o‘z qat’iy pozisiyasi ega ekanligini isbotlab kelmoqda”, dedi Mahinur O‘zdemir Go‘ktash.

Forum davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!