19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirib o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirib o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar SH.U. va A.V. Toshkent shahridagi “G-W.”. va “E-W.” MCHJlar mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 19 nafar fuqaro nomiga tijorat banki filiallaridan jami 6,3 mlrd so‘m avtokredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit hisobidan fuqarolarga avtomashinalarni yetkazib bermasdan kredit mablag‘larini talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!