G‘azo urushi G‘arbda Qur’on kitobini o‘qiydiganlar sonini oshirdi.

G‘azo urushi G‘arbda Qur’on kitobini o‘qiydiganlar sonini oshirdi.

Qur’oni Karimni ingliz tiliga tarjima qilgan tarjimon G‘azo urushi Islom dinini tushunish, Qur’on tarjimalarini o‘rganish va o‘qishni istagan g‘arbliklarga ta’sir qilganini ma’lum qildi.

Qur’onning so‘nggi tematik tarjimasi bo‘lgan “Buyuk Qur’on” kitobi muallifi doktor Musharraf Husayn “Al-Jazira” telekanaliga bergan intervyusida, G‘azo urushi boshlanganidan so‘ng Qur’on tarjimalarining bosma nusxalari ko‘payib, elektron nusxalar yuzlab marotaba yuklab olinganini aytdi.

Musharraf ingliz tilidagi tarjimasida sodda tildan foydalangan va yangi musulmonlar yoki Islomni tushunishni istaganlar uchun Qur’on tushunchalarini tushunishga yordam bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!