Jang davom etmoqda: Ukraina qurolli kuchlari Xarkov yaqinida ruslarga zarba berdi

Jang davom etmoqda: Ukraina qurolli kuchlari Xarkov yaqinida ruslarga zarba berdi

Ukraina harbiylari Xarkov yo‘nalishida ruslarga qarata o‘t ochib, ularni ortga surgan. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi 13 may, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 holatiga ko‘ra ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, butun front chizig‘idagi vaziyat Ukraina mudofaa kuchlari tomonidan nazorat qilinmoqda, ular o‘z pozisiyalarini tiklamoqda va muayyan hududlarda taktik muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

«Soat 17:00 holatiga ko‘ra, Xarkov yo‘nalishida janglar davom etmoqda. Harbiy to‘qnashuvlar soni 12 tagacha ko‘paydi. Bizning bo‘linmalar dushmanga qarata o‘t ochdi, uni ortga surdi va Volchansk qishlog‘ining shimoliy chekkasida tozalash ishlarini olib bormoqda», — deyiladi xabarda.

Harbiy to‘qnashuv Starisa qishlog‘i hududida ham boshlangan.

13 may kuni kechqurun general Sergey Melnik Xarkov viloyatidagi Volchansk shahri Ukraina tomonidan nazorat qilinishini ma’lum qildi. «Bugun, 2024 yil 13 may, soat 16:00, biz Volchansk shahridamiz. Mana, cherkov, biz hamma narsani ko‘rmoqdamiz. Volchansk shahri bugun Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida. Vaziyat barqaror va nazorat ostida, hammasi joyida, tashvishlanmang. Qurolli Kuchlarga ishoning!» - deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan videoda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!