Ekvadorda komendantlik soati joriy etildi

Ekvadorda komendantlik soati joriy etildi

Ekvador prezidenti Lenin Moreno mamlakat poytaxti – Kito shahrida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqida mamlakat prezidenti o‘zining “Twitter”dagi sahifasida ma’lum qildi.

Kito va uning atrofida komendantlik soati hamda harbiy nazorat mahalliy vaqt bilan soat 15:00 dan amal qila boshladi. “Bu haddan tashqari zo‘ravonlik ko‘rinishlariga qarshi huquqni muhofaza qilish organlarining harakatlariga yordam beradi”, – deya tushuntirgan Moreno.

3 oktyabrdan boshlab Ekvadorda Lenin Morenoning farmoni bilan dizel yoqilg‘isi va benzin uchun subsidiyalar bekor qilindi, shu sabab narxlar, taxminan, 120 foizga oshdi. Bu esa mamlakatda norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Shundan so‘ng Moreno mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.

Tartibsizliklar natijasida 77 kishi tan jarohati oldi va bir tinch fuqaro halok bo‘ldi. Shuningdek, 477 kishi hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!