Dushanbeda oshga talashgan odamlar to‘polon ko‘tardi (video)

Dushanbeda oshga talashgan odamlar to‘polon ko‘tardi (video)

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida «Osh-u palov» festivali tashkil etilib, 400 ta qozonda 10 tonna palov damlandi, deb yozadi UZ24.

Internet tarmoqlarida festival yakunida kuzatilgan ba’zi holatlar aks etgan vidoyetasvirlar tarqalmoqda. Unda odamlarning qozonlar atrofida talashib-tortishib idishlarga osh solishga urinayotgani, ba’zilar hatto qozondan qo‘l bilan palov iste’mol qilayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holat o‘tgan yilning sentyabrida Toshkentda o‘tkazilgan «O‘zbegim» milliy qadriyatlar festivalida ham kuzatilgan va turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

 

Festivali "Oshi Yak ba Yak" dar shaxri Dushanbe?! Kak obichno???

Geplaatst door Muvirod Muvirodov op Zaterdag 10 november 2018


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!