Durov Telegram’ga kim bosim o‘tkazayotganini ma’lum qildi

Durov Telegram’ga kim bosim o‘tkazayotganini ma’lum qildi

Telegram messenjeri hukumatlar tomonidan emas, balki Apple va Google tomonidan eng katta bosimni boshdan kechirmoqda. Bu haqda uning asoschisi Pavel Durov amerikalik telejurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya yozmoqda RIA Novosti.

Pavel Durovning aytishicha, ikkala Amerika kompaniyasi ham Telegram ular belgilagan qoidalarga amal qilmasa, ilovalar do‘konlaridan chiqarib tashlanishini “juda ochiq” aytgan.

“Telegramga eng katta bosim hukumatlar tomonidan emas, balki Apple va Google tomonidan bo‘lmoqda. So‘z erkinligi haqida gap ketganda, bu ikki platforma smartfoningizda o‘qishingiz mumkin bo‘lgan hamma narsani senzuraga qo‘yishi mumkin”, — dedi Durov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram uchun bunday tahdid “arzimagan narsa emas”, chunki u “dunyo aholisining muhim qismini ular har kuni foydalanadigan qimmatli vositadan foydalanishdan mahrum qilishi” mumkin.

Durovning ta’kidlashicha, Apple va Google o‘zlari o‘rnatgan qoidalarga rioya qilish borasida "murosaga kelishga juda ham tayyor emas", ularning ba’zilari siyosiy xarakterga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!