Dunyodagi eng boy odamlar pandemiya oqibatlarini bartaraf etishlari mumkin. Bunga qancha vaqt kerak?

Dunyodagi eng boy odamlar pandemiya oqibatlarini bartaraf etishlari mumkin. Bunga qancha vaqt kerak?

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri dunyodagi eng boy o‘nta odam o‘zlarining umumiy boyliklarini yarim trillion dollarga ko‘paytirdi, deb yozadi Unilad.

Oxfam global xayriya tashkiloti tomonidan «Tengsizlik virusi» deb nomlangan yangi hisobotga ko‘ra, eng boy 10 kishining umumiy boyligi mart oyining o‘rtalaridan 2020 yilning oxirigacha 540 milliard AQSh dollariga o‘sgan. Tashkilotning baholashicha, bu nafaqat sayyoradagi har bir odam uchun emlash xarajatlarini qoplashga, balki koronavirus sabab bo‘lgan kambag‘allikning o‘sishining oldini olishga ham yetarli.

Pandemiyaning dunyodagi eng boy odamlarga moliyaviy ta’sirini o‘rganish uchun mutaxassislar Forbes-2020 milliarderlari ro‘yxati va Credit Suisse’ning ma’lumotlaridan foydalandi.

«Biz shuni aniqladikki, dunyodagi eng boy minglab odamlarga pandemiyadagi yo‘qotishlarini qoplash uchun atigi 9 oy kerak bo‘ladi. Ammo kambag‘allarning tiklanishi uchun 10 yil kerak», – deb yozadi tashkilot Twitter’da

Hisobotda ta’kidlanishicha, milliarderlarning umumiy boyligi 2020 yilning dekabr oyida 12 trillion dollarni tashkil etdi, bu G20 mamlakatlari pandemiya paytida sarflagan mablag‘lariga tengdir.

«Bu faktlar sharmandali. Hukumatlar harakat qilishlari kerak. Eng badavlat odamlarni adolatli soliqqa tortilishi global iqtisodiyotni tiklashga, qashshoqlikka qarshi kurashish uchun ko‘proq pul yig‘ishga va adolatli jamiyatlarni shakllantirishga yordam berishi mumkin», – dedi Buyuk Britaniyaning Oxfam ijrochi direktori Denni Sriskandaraja.

Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, agar mamlakatlar hozir harakat qilsa, kambag‘allik darajasi inqirozgacha bo‘lgan darajaga o‘n yildan keyin emas, balki uch yil ichida qaytarilishi mumkin. Oxfam, shuningdek, dunyoning eng boy odamlar va 2020 yili eng ko‘p pul ishlab topgan 32 ta global korporasiyalar uchun soliqlarni oshirishga chaqirdi.

Oxfam’ning hisoboti Jahon iqtisodiy forumining davlatlar rahbarlari, xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va yirik tadbirkorlar ishtirokidagi onlayn sessiyasining boshida taqdim etildi. Forumning asosiy mavzusi pandemiya keltirib chiqargan inqirozdan chiqish yo‘li deb nomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!