Dunyoda COVID-19 bo‘yicha antirekordlar qayd etilmoqda

Dunyoda COVID-19 bo‘yicha antirekordlar qayd etilmoqda

Pandemiya boshidan buyon dunyo bo‘ylab 37 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalindi, deb xabar beradi Jons Hopkins universiteti.

Ikki kun ichida kasallanganlar soni 1 millionga ko‘paydi: 36 millionlik marradan 8 oktyabr kuni o‘tilgan edi.

Kasallanish holatlari soni bo‘yicha yuqori uchlikka AQSh (7,68 millionta holat), Hindiston (6,9 million) va Braziliya (5 million) kiradi.

Shuningdek, so‘nggi sutkada dunyoda infeksiyadan 8575 kishi vafot etgan. 

Avvalgi antirekord 10 oktyabrda qayd qilingan va 350 mingdan ko‘proq kishida koronavirus aniqlangan.  

So‘nggi sutkada eng ko‘p kasallanish holatlari Hindiston (73,2 ming), AQSh (54,2 ming) va Meksikada (30,4 ming) qayd qilingan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5 oktyabr kuni 35 million kishidan oshgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!