Dunyo aholisining 60% yilning ma’lum bir davrida suv tanqisligini boshdan kechirmoqda

Dunyo aholisining 60% yilning ma’lum bir davrida suv tanqisligini boshdan kechirmoqda

Jahon banki (JB) yog‘ingarchilik tanqisligining iqtisodiy o‘sishga ta’siri bo‘yicha yangilangan hisob-kitoblarni taqdim etgan hisobotni e’lon qildi.

JBning hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo aholisining 60% yilning ma’lum bir davrida suv tanqisligini boshdan kechirmoqda. Suv resurslarining yanada tanazzulga uchrashi bo‘lmasa ham, dunyoning eng kambag‘al va qurg‘oqchil mintaqalari suv tanqisligi va suv bilan bog‘liq eng jiddiy muammolarga duch keladi.

📈O‘zbekiston suv tanqisligi darajasi yuqori bo‘lgan dunyoning 164 mamlakati orasida 25-o‘rinni egallaydi. JB ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda toza suv tanqisligi 2030 yilga kelib 7 mlrd kub metrga yetishi mumkin, 2050 yilga kelib esa ikki baravar ko‘payadi.

📊FAO ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yil davomida suv resurslarining 169%ini iste’mol qiladi. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 33%ga, Qirg‘izistonda 50%ga, Ozarbayjonda 54%ga, Armanistonda 56%ga, Tojikistonda 62%ga yetadi.

📊Empirik dalillar ilmiy prognozlarga ko‘ra, quruqlikning umumiy maydoni va haddan tashqari qurg‘oqchilikka duch kelgan aholi 1976-2005 yillarda rivojlangan 3% dan 2099 yil oxiriga kelib 7-8% gacha ikki baravar ko‘payishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!