Dorixonada beriladigan tovar va kassa cheki nima uchun kerak?

Dorixonada beriladigan tovar va kassa cheki nima uchun kerak?

Muzaffar Rajabov,
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mutaxassisi:

"Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda, dorixonada dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan birga sotib oluvchiga:

✅ identifikasiya ma’lumotlari (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori),
✅ dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, ularni beruvchi shaxsga oid ma’lumotlar,
✅ berish sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheki taqdim etilishi belgilangan.

Xarid uchun chek berish majburiymi?

Yurtimizda 2020 yilning yanvar oyidan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarga o‘tish jarayoni boshlandi.

Dorixonalarda har bir xarid QR kodli chek berish bilan birga amalga oshirilishi lozim. Bunday cheklar qonuniy faoliyatdan guvohlik beradi. Ular faqat onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalar orqali beriladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq:

✅ to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga terminal cheki bilan birga onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart;

✅ xarid chekida tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi, miqdori, qiymati (narxi), summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi, shuningdek QR kod va fiskal belgi majburiy tartibda aks ettiriladi. Ushbu ma’lumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasiga ko‘ra:

Nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdo qilish va xizmat ko‘rsatish, chek bermaslik, to‘lovni hisob-kitob terminali orqali qabul qilishni rad etish besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!