Denizbank Turkiyada ruslar uchun hisob ochishda davom etayotganini malum qildi

Denizbank Turkiyada ruslar uchun hisob ochishda davom etayotganini malum qildi

Turkiyaning Denizbank'i Rossiya fuqarolari uchun hisob ochish taqiqlangani haqida bildirishnoma olmagan. Bu haqda Anqaradagi filiallardan biridagi bank vakili ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Rossiya Federasiyasi fuqarolariga hisob ochishni taqiqlash bo‘yicha hech qanday bildirishnoma olganimiz yo‘q. Hisoblar ochilmoqda», deb ishontirdi suhbatdosh.

Bankning aniqlik kiritishicha, Denizbank'da bank hisobini ochish uchun rossiyaliklar yashash uchun ruxsatnoma, shuningdek, 10 ming dollar ekvivalentidagi depozitga ega bo‘lishi kerak. Ushbu depozitni hisob muddati davomida olib bo‘lmaydi.

O‘tgan hafta RBK Denizbank rossiyalik mijozlarga Turkiyada yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rab xatlar yuborganini xabar qildi. Bank buni ichki tartiblari bilan izohladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!