Dembele 3-4 haftaga safdan chiqdi

Dembele 3-4 haftaga safdan chiqdi

«Barselona» vingeri Usmon Dembele «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tadigan dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Kataloniya klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi La Liga 19-turi doirasidagi «Jirona»ga qarshi o‘yinda (1:0) oyoq mushaklaridan jarohat olgach, safdan chiqqan.

Marca xabariga ko‘ra, Dembelening davolanib safga qaytishi uchun 3-4 hafta vaqt kerak bo‘ladi. Shu tariqa, Usmon Yevropa ligasi pley-off uchrashuvi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. O‘yin 16 fevralga belgilangan.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum La Ligada 18 o‘yinda 5ta gol va 5ta assistga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!