Dahshat! Erkak o‘z xotini va bolasini 16-qavatdan pastga uloqtirdi

Dahshat! Erkak o‘z xotini va bolasini 16-qavatdan pastga uloqtirdi

Moskvada xotini va bolasini 16-qavatdan uloqtirgan 39 yoshli rossiyalik shaxs tergov izolyatoriga yuborildi. Bu haqda 29 avgust, payshanba kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining poytaxt boshqarmasi o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.

Sud jinoyat ishini tergov qilish jarayonida gumonlanuvchini hibsga olish to‘g‘risidagi tergovning iltimosnomasini qanoatlantirdi. Ayblanuvchi kamida 25 oktyabrgacha tergov hibsxonasida qoladi.

25 avgust kuni aholi turar-joy binosi derazalari ostidan hayot belgilari bo‘lmagan ayol va chaqaloqni topib, polisiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.

Xavfsizlik kuchlari yetib kelib, oila boshlig‘i o‘zini qulflab qo‘ygan xonadonga bostirib kirishdi. U og‘ir ahvolda toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan. Erkak avval bolani derazadan, keyin esa xotinini uloqtirgan. Voqea sodir bo‘lgan paytda erkak va uning rafiqasi kuchli ta’sir ko‘rsatadigan moddalar ostida bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!