MAGATE bosh direktori O‘zbekistonga tashrif buyuradi

MAGATE bosh direktori O‘zbekistonga tashrif buyuradi


MAGATE bosh direktori Rafael Grossi O‘zbekistonga tashrif buyuradi va u yerda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.

Bu masala 17 sentyabr kuni Vena shahrida Grossining O‘zbekiston Atom energiyasi agentligi direktori Azim Ahmadxadjayev bilan uchrashuvida muhokama qilindi. Tashrifning aniq sanalari haqida hali hech narsa ma’lum emas.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasini ham muhokama qildilar. Qayd etilishicha, «Rosatom» bilan hamkorlikda va MAGATE tavsiyalariga to‘liq amal qilgan holda, dastlabki ishlar allaqachon boshlangan. Loyihaga uch tomonlama yondashuv xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiqligini ta’minlaydi.

Muzokaralar MAGATE Bosh konferensiyasining 20 sentyabrgacha davom etadigan 68-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda «O‘zatom» agentligi rahbari O‘zbekistonning atom energetikasi sohasida amalga oshirilgan ishlar va rejalari haqida taqdimot qildi.

«O‘zatom» rahbariyati Fransiyaning « Framatome va Assystem» kompaniyalari, Xitoy milliy yadro korporasiyasi va «Rosatom» davlat korporasiyasi vakillari bilan ham ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Tomonlar yadroviy fan va texnologiyalar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1994 yilda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka a’zo bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!