Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi

Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi

Bugun, 18 sentyabr kuni soat 10:00 dan Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, dovon A-373 avtomobil yo‘lining 254,6 va 258 kilometrlari oralig‘ida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yopilgan. Manbaga ko‘ra, hududda burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshiriladi.

YHXX xabarida harakat qachon tiklanishiga aniqlik kiritilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!