G‘arb davlatlari nega Moldovaga moliyaviy yordam va’da qilmoqda?

G‘arb davlatlari nega Moldovaga moliyaviy yordam va’da qilmoqda?

G‘arb davlatlari seshanba kuni bir necha oliy diplomatlar ishtirok etgan anjumanda Moldovaga 385 million yevro (taxminan 427,85 million dollar) miqdorida yordam paketini ma’qulladi.

Moldova hukumatining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, mablag‘lar 80 million yevro grantlar va 305 million yevro o‘z iqtisodiyotini mustahkamlash uchun imtiyozli kreditlardan iborat.

«Evropa Ittifoqiga qo‘shilish Moldovaning Marshall rejasidir», dedi prezident Mayya Sandu anjumanda.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya bosimi ostida Moldovani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligini yana bir bor tasdiqladi.

Moldovani xalqaro qo‘llab-quvvatlash Kishinyov mamlakatni beqarorlashtirishda ayblayotgan Rossiya bilan ziddiyatlar va 20-oktabr kuni Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha referendum yaqinlashayotgan bir paytda kuzatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!