Navoiyda chaqalog‘ini 10mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Navoiyda chaqalog‘ini 10mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi


Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro bir oylik chaqaloqni 10 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Navbahor tumanida yashovchi fuqaro o‘zining yangi tug‘ilgan, qirq kunga yetmagan farzandini qo‘shnisiga 10 million so‘mga sotishga qaror qilgan.

Ayol chaqaloqni sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi («Odam savdosi») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!