Rossiya Kamala Xarrisga qarshi dezinformasion kampaniyani kuchaytirmoqda

Rossiya Kamala Xarrisga qarshi dezinformasion kampaniyani kuchaytirmoqda

Bu haqda Amerikaning Microsoft korporasiyasi ma’lum qildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden AQSh saylov poygasidan chiqqanida, Rossiyaning «trol fabrikalari» qiyinchiliklarga duch kela boshladilar - ular o‘z ishlarini qayta tiklashlari kerak edi, ammo avgust oyining oxiridan boshlab ular uni yana kuchaytirdilar va obro‘sizlantiruvchi tashviqot mazmunini ishlab chiqarmoqdalar. AQSh prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan nomzodlar Kamala Xarris va Tim Uolz.

Kremlga aloqador bo‘lgan «Storm-1516» guruhi ham millionlab tomoshalarga ega bo‘lgan va «g‘ayritabiiy uydirma fitna nazariyalarini» tarqatgan ikkita soxta videoni chiqargani aytiladi. Xususan, videolardan birida bir guruh odamlar - go‘yoki Xarris tarafdorlari - Donald Trampning saylovoldi mitingi ishtirokchisi deb taxmin qilingan shaxsga hujum qilishgan. Yana bir videoda aytilishicha, 2011 yilda Xarris yo‘l-transport hodisasi sodir etgan va voqea joyidan qochib ketgan va jarohat olgan 13 yoshli qiz shundan beri falaj bo‘lgan. Jabrlanuvchi rolini suratga olishda ishtirok etish uchun pul olgan aktrisa ijro etgan.

Bundan tashqari, dezinformasiya kampaniyasida avval Parij Olimpiadasi haqidagi soxta xabarlarni tarqatish bilan shug‘ullangan «Storm-1679» nomi ostida faoliyat yurituvchi Rossiyaning yana bir bo‘linmasi ham ishtirok etmoqda, deyiladi Microsoft bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!