Dahshat! Dunyoda har 5 soniyada bir bola vafot etmoqda

Dahshat! Dunyoda har 5 soniyada bir bola vafot etmoqda

O‘tgan yilda 6,3 million bola 15 yoshga to‘lmasdan hayotdan ko‘z yumgan. Suv, oziq-ovqat va tibbiy xizmat yetishmasligidan har 5 soniyada bir bola o‘lim topmoqda. Bu haqda BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNESEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon banki tomonidan tayyorlangan hisobotda ma’lum qilingan. 

YUNISEF vakili Lourens Chendi o‘tgan asrning oxiridan boshlab bolalar o‘limiga qarshi kurash bo‘yicha ulkan yutuqlarga erishilganini esladi. 1990 yillardan boshlab bu ko‘rsatgich ikki barobar qisqardi, lekin millionlab bolalar kambag‘al mamlakatlarda tug‘ilgani uchun hanuz vafot etmoqda. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining yarmi Afrika, uchdan bir qismi esa Janubiy Osiyoga to‘g‘ri keladi.

Agar bunga qarshi zarur choralar ko‘rilmasa, 2030 yillarga borib 56 million bola 5 yoshga kirmay hayotdan ko‘z yumushi mumkin. Eng qizig‘i ularning aksariyatining hayotini oddiy emlash va akusherlik yordami orqali saqlab qolish mumkin ekan. 

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bezgak, pnevmaniya va tug‘ruq paytidagi asoratlar besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘limiga sababchi bo‘lar ekan. 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining asosiy sababi turli jarohatlar, tabiiy omillar orqali sodir bo‘lishi aniqlangan. Shunga qaramay BMT hisobotida bolalar o‘limi yil sayin kamayib borayotgani qayd etilgan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!