"Dadam sudlangan, ichki ishlar organlariga ishga kirishim mumkinmi?"

"Dadam sudlangan, ichki ishlar organlariga ishga kirishim mumkinmi?"

— Dadam Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan sudlangan, ichki ishlar organlariga ishga kirishim mumkinmi? (F.K Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri)

Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi Qonunda quyidagilarning ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan:

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;

sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar; 

ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan fuqarolar.

Demak, yaqin qarindoshining sudlanganligi ichki ishlar organlariga xizmatga kirishda to‘sqinlik qilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!