COVID-19 o‘pkalar va miyaga doimiy zarar yetkazishi mumkin

COVID-19 o‘pkalar va miyaga doimiy zarar yetkazishi mumkin

COVID-19 dan tuzalgan har uch bemorning bittasi uzoq vaqt davomida o‘pkalar va miya kasalligidan, shuningdek, surunkali toliqish hamda psixologik muammolardan azob chekishi mumkin, deyiladi Britaniyalik olimlar olib borgan tadqiqot natijalarida.

Britaniyaning Milliy sog‘liqni saqlash xizmati ekspertlarining aytishicha,koronavirusga chalingan bemorlarning organizmlariga ushbu kasallikdan tuzalganlaridan keyin ham doimiy ravishda zarar yetadi.

Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining “Daily Telegraph”da chop etilgan maqolasida quyidagilar aytib o‘tilgan.

“Agar COVID-19 SARC va MERS kabi o‘ziga o‘xshagan kasalliklar bilan bir xil bo‘lib chiqsa,unga chalingan bemorlarning 30 foizida o‘pkaning zararlanishi yoki unda doimiy dog‘lar qolishi kuzatiladi. Shuningdek, koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 25 foizi miyaga shikast yetishidan ham aziyat chekadi. Bunda,xotiraning yo‘qolishi va doimiy charchoq yuzaga kelish xavfi ancha yuqori bo‘ladi.”

Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining direktori doktor Hillari Floyd koronavirusning uzoq muddatli zararlari haqida hali unchalik ko‘p ma’lumot yo‘qligidan xavotirga tushganini va bu kasallikning yoshlarda keyinchalik ham davom etuvchi asoratlaridan hayratda qolganini aytdi.

“Ayni paytda bizning shifoxonamizda 40 yoshdagi ikki bemor davolanmoqda.Ular o‘z bizneslari bilan shug‘ullanayotgan, sport zallariga boradigan harakatchan odamlar bo‘lishgan. Hozir esa ular karavotdan ham tura olishmaydi. Biz bunday bo‘lishini kutmagandik”, deydi Floyd. Uning ta’kidlashicha, koronavirusdan tuzalgan ba’zi odamlar keyinchalik doimiy ravishda jismoniy va ruhiy zo‘riqishdan aziyat chekadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!