Ckuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda

Ckuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda

Senatning 57-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, Toshkent shahrida 2023 yil iyun oyidan boshlab o‘tkazilgan reyd tadbirlarida individual harakatlanish vositalari boshqaruvchilari tomonidan 200 dan ortiq yo‘l harakati qoidalari buzilganligi aniqlangan.

Shu sababli skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun, jumladan skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashiganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Parlament a’zolarining fikricha, Qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga, shuningdek fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!