Ukraina Rossiyani Moldovani tark etishga chaqirdi

Ukraina Rossiyani Moldovani tark etishga chaqirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Moldovaga tashrifi chog‘ida Rossiyani Dnestrbo‘yi hududidan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi. Uning so‘zlarini NewsMaker portali keltirmoqda.

«Dnestrbo‘yi mintaqasi Moldovaniki va Rossiya o‘z armiyasini u yerdan olib chiqishi kerak. Ukraina muzokaralar jarayonida Moldovani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», — dedi Sibiga.

Bundan oldin Moldova prezidenti Mayya Sandu Dnestrbo‘yi bilan qayta birlashish masalasi YEIga qo‘shilishdan oldin hal bo‘lishiga umid bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!