Isroil aviasiyasi Livan janubiga navbatdagi zarbalarini uyushtirdi

Isroil aviasiyasi Livan janubiga navbatdagi zarbalarini uyushtirdi

Eron hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilga qaratilgan «Hizbulloh» harakatining 100 ga yaqin raketa uchirish qurilmasi hujumga uchragan.

Isroil telekanallari Livanning g‘arbiy Bekaa viloyatidagi Midon va Ayn at-Tina atroflariga zarbalar berilgani haqida xabar bermoqda. «Hizbulloh» bosh kotibi Hasan Nasrulloh o‘z nutqida Isroilning bugungi keng ko‘lamli hujumlariga izoh berib o‘tar ekan, javob zarbalari qachon va qayerda bo‘lishi haqida gapirmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq Isroilga Hamasning siyosiy yetakchisini o‘ldirgani uchun javoban zarba berish bilan Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy, shuningdek, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Sardar Salomiy tahdid qilgan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!