"Hech kim Bayden yoki Kamalani o‘ldirishga urinmayapti": AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirilgan tvitini tekshirishga kirishdi

"Hech kim Bayden yoki Kamalani o‘ldirishga urinmayapti": AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirilgan tvitini tekshirishga kirishdi

Bloomberg'ga ko‘ra, AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirilgan tvitini tekshirishga kirishdi.

Donald Trampga golf klubidagi ehtimoliy suiqasddan so‘ng, 15 sentyabrda Mask X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan birining "Nega ular Donald Trampni o‘ldirmoqchi?" degan postiga "Hech kim Bayden yoki Kamalani o‘ldirishga urinmayapti" deb javob yozgan.

Foydalanuvchilar Maskni tvitni o‘chirishga chaqirgan, biroq u buni rad etgan. Ertasi kuni Mask tvitni o‘chirib tashladi va bu hazil ekanligini da’vo qildi.

Axios'ning qayd etishicha, surishtiruv jarayoni Ilon Maskning hech qanday javobgarlikka tortilishini anglatmaydi, lekin u Jo Bayden yoki Kamala Harrisga tahdid solmasligini isbotlashi kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!