Olimlar “O‘lim kuni”ni bashorat qiluvchi soat ixtiro qildi

Olimlar “O‘lim kuni”ni bashorat qiluvchi soat ixtiro qildi

San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari sun’iy intellektga asoslangan dastur ishlab chiqdi, u foydalanuvchiga “nafasi tugaydigan” kunni aniqlashga yordam beradi. U "O‘lim soati" deb nomlangan. Bu haqda «New York Post» xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ixtirochilar bu soat uzoq umr ko‘rishga yordam beruvchi sun’iy intellektga asoslangan dastur ekanligini ta’kidlagan. Foydalanishdan oldin u maxsus so‘rovlar orqali egasining sog‘lig‘i haqida ma’lumot to‘playdi. Ular vazn, qon shakar darajasi va bosim, uyqu sifati, jismoniy faollik, nosog‘lom odatlar, ovqatlanish va umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillarni hisobga oladi.

Bundan tashqari, taxminiy o‘lim sanasini hisoblashda insonning ijtimoiy hayoti va ruhiy holati baholanadi - ilova foydalanuvchi munosabatlarga qancha vaqt sarflagani va ma’lum bir davrda qanday kayfiyat hukmron bo‘lganini tahlil qiladi.

Qayd etilishicha, “o‘lim soati” o‘limning aniq sanasini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, dastur biologik yoshni ko‘rsatadi va hayotni uzaytirish uchun motivasion vositalar, mashqlar variantlari, qo‘shimcha tavsiyalar va sog‘lom ovqatlanish g‘oyalarini taklif qiladi.

Mualliflarning fikricha, “O‘lim soati” odamlarni turmush tarzini o‘zgartirishga va nosog‘lom odatlardan voz kechishga undashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!