2026 yilgi Paraosiyo o‘yinlari timsoli e’lon qilindi

2026 yilgi Paraosiyo o‘yinlari timsoli e’lon qilindi

"Aichi-Nagoya-2026" Paraosiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarning rasmiy timsolini namoyish etdi.

Timsol dizayni Aichining suv tizimlari va go‘zal ko‘rfazlarining ko‘rinishini aks ettirgan bo‘lib, Paraosiyo o‘yinlari logotipidagi egri chiziqli naqshlarni o‘zida mujassam etgan holda mukammal uyg‘unlikni jamlagan.

"Timsolning e’lon qilinishi har doim hayajonli lahza hisoblanadi. Bu o‘yinlar yaqinlashayotganini anglatadi. Ushbu timsol 185 ta nomzod orasidan tanlab olindi. Bu "Aichi-Nagoya-2026" Paraosiyo o‘yinlariga qiziqish kuchli ekanini ko‘rsatadi", – dedi taqdimot marosimida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid.

Eslatib o‘tamiz, beshinchi bor tashkil etiladigan Paraosiyo o‘yinlari 2026 yilning oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!