Ursula fon der Lyayen "Boris" to‘foni sababli yuzaga kelgan vayronagarchiliklardan aziyat chekayotgan YEI a’zolariga 11 milliard yevro yordam puli o‘tkazilishini e’lon qildi

Ursula fon der Lyayen "Boris" to‘foni sababli yuzaga kelgan vayronagarchiliklardan aziyat chekayotgan YEI a’zolariga 11 milliard yevro yordam puli o‘tkazilishini e’lon qildi

Bu haqda u Polshaning Vroslav shahriga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi o‘zining birdamlik jamg‘armalari mablag‘laridan zarar ko‘rgan hududlarni qayta tiklashni moliyalashtirish uchun foydalanishi mumkin.

"Bu favqulodda holat va vaziyat favqulodda choralarni talab qiladi", — dedi fon der Lyayen.

Polsha bosh vaziri Donald Tusk, uning mamlakati e’lon qilingan mablag‘ning deyarli yarmini olishini aytdi. Chexiya bosh vaziri Petr Fialaning ma’lum qilishicha, mamlakatga 2 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratiladi. Avstriyaning ulushi taxminan 500 million yevroni tashkil qiladi, qolgan miqdor esa Slovakiya va Ruminiyaga o‘tkaziladi.

Polsha, Chexiya, Avstriya va Slovakiya hukumat rahbarlari ushbu shaharda U.Lyayen bilan uchrashib, Yevropa komissiyasining yordamini muhokama qildi.

“Boris” sikloni jami 24 kishining hayotiga zomin bo‘ldi: Polshada 7 nafar, Ruminiyada 7 nafar, Avstriyada 5 nafar va Chexiyada 5 kishi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!