«G‘azoda insoniyat tarixida sharmandali sahifa yozildi»

 «G‘azoda insoniyat tarixida sharmandali sahifa yozildi»

Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun G‘azodagi urush bilan bog‘liq bayonot berdi.

«350 kun davomida G‘azo aholisi dunyo guvohi bo‘lgan eng shafqatsiz hujumlardan birini boshdan kechirdi. 7 oktabrdan buyon insoniyat chuqur yaralar keltirgan bu fojiaga guvoh bo‘lib kelmoqda. G‘azoda insoniyat tarixida sharmandali sahifa yozildi. Shaharlar bombardimon qilinmoqda, masjidlar, shifoxonalar va maktablar yer bilan yakson qilinmoqda. Begunoh fuqarolar, jurnalistlar, bolalar va hatto chaqaloqlar qasddan va tizimli hujumlar nishoniga olinmoqda», deb yozadi Altun Xda.

Shuningdek, u bu urushda isroillik harbiylar tomonidan misli ko‘rilmagan sonda o‘ldirilgan jurnalistlarni esladi.

«Xalqaro qonunlarga e’tibor bermay, Isroil ishonchli ma’lumot manbalariga nisbatan zulm va zo‘ravonlik siyosatini olib boradi. Haqiqat uchun mintaqada bo‘layotgan voqealarni dunyoga yetkazishga urinayotgan jurnalistlar qirg‘in qilinmoqda», deb yozadi Altun.

Bir turk rasmiysi G‘azodagi fojiaga jim turmaslikka chaqirdi: «Bugun, genosidning 350-kunida bu haqda sukut saqlash bu fojiaga sherik bo‘lish demakdir. Adolat, insoniyat vijdoni, ertangi kunimiz uchun ovozimizni baland ko‘tarishimiz va bu qirg‘inni to‘xtatish uchun zudlik bilan chora ko‘rishimiz kerak».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!