Ukrainada Telegram'dan foydalanish cheklanadi

 Ukrainada Telegram'dan foydalanish cheklanadi

19 sentyabr kuni Ukraina Milliy kiberxavfsizlikni muvofiqlashtirish markazi Telegram messenjeridan davlat idoralari, harbiy tuzilmalar va muhim infratuzilma ob’ektlarida foydalanishni cheklashga qaror qildi.

Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, taqiq davlat xizmatchilari, harbiy xizmatchilar, xavfsizlik va mudofaa sohasi xodimlari, shuningdek, muhim infratuzilma ob’ektlaridan foydalanadigan korxonalarning rasmiy qurilmalariga Telegram'ni o‘rnatish va ulardan foydalanishga taalluqlidir. Istisno faqat messenjerdan o‘z xizmat vazifalari doirasida foydalanadigan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov bu qarorni Rossiya razvedka xizmatlarining Telegram foydalanuvchilarining shaxsiy yozishmalariga, jumladan o‘chirilgan xabarlar va shaxsiy ma’lumotlarga kirishiga oid ma’lumotlar bilan asosladi. «Men har doim so‘z erkinligi tarafdori bo‘lganman va himoya qilganman, lekin Telegram muammosi so‘z erkinligi masalasi emas, bu milliy xavfsizlik masalasi», - dedi razvedka rahbari.

Avvalroq Budanov bir necha bor Ukrainada Telegram’ni «Rossiya messenjeri» deb atagan. Ukraina Mudofaa vazirligi ham Rossiya bilan aloqadorligi aytilayotgan telegram kanallari auditoriyasi ortib borayotganidan xavotir bildirdi.

Qayd etish joizki, avvalroq Rossiya rasmiylari Telegram'ga nisbatan shikoyat qilgan edi. 2018 yilda messenjer Rossiyada bloklangan edi, biroq ikki yildan so‘ng cheklovlar olib tashlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!