Evropa Ittifoqi Putin va boshqa Rossiya fuqarolarini hibsga olishga chaqirdi
Evropa Ittifoqi Rim statutini ratifikasiya qilgan barcha davlatlarni Xalqaro jinoiy sud tomonidan berilgan order asosida Putin va boshqa Rossiya fuqarolarini hibsga olishga chaqirdi,
"Evropa Ittifoqi Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda ko‘chirilgan barcha ukrainalik bolalar va boshqa tinch aholining taqdiridan chuqur xavotirda. Shuningdek, yana bir bor Rossiya va Belarusni zudlik bilan ularning Ukrainaga xavfsiz qaytishini ta’minlashga chaqiradi.
Ukrainalik bolalarni noqonuniy deportasiya qilish bo‘yicha harbiy jinoyat uchun, jumladan, Putinga qarshi ham Xalqaro Jinoyat sudi tomonidan hibsga olish bo‘yicha oltita order berilganini eslatib o‘tamiz", deyiladi bayonotda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)