FIFA prezidenti Kubok finalini ko‘rish uchun Farg‘onaga keladi

FIFA prezidenti Kubok finalini ko‘rish uchun Farg‘onaga keladi

5 oktyabr kuni "Navbahor" va "Andijon" o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi finali o‘tkaziladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, uchrashuvni bevosita Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida tomosha qilish uchun FIFA prezidenti Janni Infantino tashrif buyuradi.

Avvalroq FIFA rahbari O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha JCh haqida fikr bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" va "Andijon" o‘rtasidagi Kubok finali 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!