Moskva “Shimoliy oqim” terakti bo‘yicha tergovni oxirigacha yetkazadi – Rossiya TIV

Moskva “Shimoliy oqim” terakti bo‘yicha tergovni oxirigacha yetkazadi – Rossiya TIV

Rossiya “Shimoliy oqim”dagi teraktlar bo‘yicha tergovni yakuniga yetkazadi va haqiqat oshkora bo‘lishi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

"Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish istagida bo‘lgan davlatlar va ularning NATOdagi ittifoqchilari uzoq vaqtdan beri ko‘ngliga kelgan ishlarni qilmoqda: har qanday vositalar, uslublar va cheklanmagan miqyosda, lekin Rossiya ular kabi ochiqchasiga terrorchilik qilmoqchi emas. Biz 2022 yilning sentyabrda “Shimoliy oqimlar”dagi amalga oshirilgan terakt bo‘yicha tergovni yakunlashni istaymiz. Biz haqiqat qaror topishi va u keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lishi uchun barcha sa’y-harakatlarni, shu jumladan, ko‘p tomonlama formatlar doirasida ham amalga oshiramiz. Navbatdagi qadam — BMT Xavfsizlik Kengashining 26 sentyabrga belgilangan Rossiya gaz quvurlaridagi terakt bo‘yicha yig‘ilishi”, — dedi Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 26 sentyabr kuni Rossiyaning Yevropaga gaz eksport qiluvchi ikkita quvuri – “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2”da portlashlar sodir bo‘ldi. Germaniya, Daniya va Shvesiya qasddan uyushtirilgan qo‘poruvchilikni istisno qilishmadi. "Shimoliy oqim" operatori "Nord Stream AG"ning xabar berishicha, gaz quvurlari jiddiy shikastlangan va ularni ta’mirlash muddatini belgilashning iloji yo‘q. Rossiya Bosh prokuraturasi xalqaro terrorchilik akti yuzasidan ish qo‘zg‘atdi.

Terakt sodir bo‘lgan hududga aloqador davlatlar Daniya v Shvesiya terakt yuzasidan tergovni bekor qilishdi. Germaniya biroz oldin ushbu teraktlarni sodir etishda ukrainalik g‘avvoslar instruktori va yana 4 kishidan iborat guruhni aybladi. Gumonlanuvchi Ukraina fuqarosi Polshada yashab yurgani ma’lum bo‘ldi. Germaniya prokuraturasi uni hibsga olish haqida order berganidan so‘ng u elchixona mashinasida Ukraina hududiga qochib ketgani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!