Qozog‘istonda xorijliklarni deportasiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin

Qozog‘istonda xorijliklarni deportasiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin

Qozog‘iston mamlakatning migrasiya qonunchiligini buzgan xorijliklarni chiqarib yuborish qoidalarini soddalashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda IIV Migrasiya polisiyasi qo‘mitasi raisi Aslan Atalikov ma’lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda migrasiya nazoratini kuchaytirishga qaratilgan yangi tuzatishlar paketini ishlab chiqish masalasi muhokama qilinmoqda.

«Biz xorijliklarni ro‘yxatga olish institutini qaytarish masalasini ko‘rib chiqyapmiz, bu 30 kungacha bo‘ladigan sayyohlarga emas, balki Qozog‘istonda 30 kundan ortiq qolish niyatida bo‘lganlarga tegishli. Albatta Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, ortiqcha byurokratiyasiz xorijliklarni ro‘yxatga olishning soddalashtirilgan mexanizmi va tartibini ishlab chiqish, soxta ro‘yxatga olish uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan tuzatishlar tayyorlanmoqda», dedi Aslan Atalikov.

Ichki ishlar vazirligi ushbu chora-tadbirlar migrasiya nazoratini takomillashtirishning samarali vositalarini yaratishiga ishonch bildiradi.

«Bundan tashqari, biz xorijliklarni deportasiya qilishning amaldagi tartibini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Bugungi kunda u murakkab. Yangi tartibga ko‘ra, migrasiya qonunchiligini yaqqol va muntazam buzuvchilar agar qonunbuzarlikni tan olsa, Qozog‘istondan tezroq chiqarib yuboriladi», dedi qo‘mita rahbari.

Uning eslatishicha, may oyida qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ilgari bolalarga nisbatan jinsiy xarakterdagi jinoyatlar sodir etgan shaxslarga fuqarolik berish, ekstremistik va terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullangan xorijliklarning mamlakatga kirishi taqiqlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!