«Chimkent – Toshkent» yo‘nalishi pulli yo‘lga aylantirildi

«Chimkent – Toshkent» yo‘nalishi pulli yo‘lga aylantirildi

Qozog‘istonning 7 ta yo‘l uchastkasida pulli yo‘llarning tizimi ishga tushirildi. Bu haqda QR Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Tolegen Abdullin ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Markaziy kommunikasiyalar xizmatida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida u joriy yilning 1 oktyabridan 15 noyabriga qadar birinchi toifadagi respublika avtomobil yo‘llarining 4 ta polosali bo‘lgan 7 ta uchastkasida pullik yo‘llarning yakuniy sinovi o‘tkazilganini ta’kidladi.

Bular: «Nur-Sultan - Pavlodar», «Qapshag‘ay - Taldiqorg‘an», «Taraz - Qaynar», «Chimkent - Taraz», «Chimkent - Qizilo‘rda», «Chimkent - Toshkent», «Shuchinsk-Ko‘kshetau».

«Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov tizimini joriy etish to‘g‘risidagi buyruqlar 15 noyabr kuni adliya organlarida ro‘yxatga olingan. U 23 noyabrdan kuchga kirdi. Shunga ko‘ra, shu kundan boshlab yo‘l haqi undiriladi», - dedi Tolegen Abdullin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!