Chexiyaga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Chexiyaga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Chexiyaga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Chexiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining himoya choralari to‘g‘risidagi qarori bilan 2020 yilning 21 sentyabrdan chet el fuqarolarining ushbu mamlakatga kirish tartibi o‘zgartirildi.

SOVID-19 xavfi past darajada bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan uchinchi davlatlarning barcha fuqarolariga hamda mazkur davlatlarda vaqtincha yoki doimiy yashovchi uchinchi davlatlarning barcha fuqarolariga Chexiya Respublikasiga kirish taqiqlanadi.

SOVID-19 xavfi past darajada bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan uchinchi davlatlarning birida so‘nggi 14 kun ichida 12 soatdan ko‘proq bo‘lgan barcha shaxslarga Chexiya Respublikasining butun hududi bo‘ylab 10 kun davomida yoki tegishli karantin choralari bekor qilingunga qadar erkin harakatlanish taqiqlanadi.

2 oktyabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston SOVID-19 xavfi past darajada bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Amaldagi tartibning to‘liq matni bilan Chexiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (www.mzcr.cz) va Chexiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (www.mvcr.cz) saytlari orqali tanishish mumkin.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi Chexiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimizga Chexiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!