Cherkassi viloyatida Dnepr ustidan o‘tuvchi ko‘prikka raketa kelib tushdi

Cherkassi viloyatida Dnepr ustidan o‘tuvchi ko‘prikka raketa kelib tushdi

Rossiyalik harbiylar Cherkassiga qarata otgan ikkita raketadan biri Dnepr ustidan o‘tgan ko‘prikka tegdi, dedi Reuters agentligiga Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich.

Ular bizning zahiralarimiz va G‘arb qurollarini sharqqa o‘tkazishni cheklashga harakat qilmoqdalar, - dedi Arestovich, - bu shunday transferlar yaxshi ketayotganini va ular uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotganini anglatadi.

Ko‘prik qanchalik jiddiy zarar ko‘rganiga Arestovich aniqlik kiritmadi. Ukraina rasmiylari raketa ko‘prikka ta’sir qilgani haqidagi ma’lumotlarni hali tasdiqlamadi.

Avvalroq Cherkassi viloyati ma’muriyati rahbari Igor Tabures mintaqa hududiga ikkita raketa zarbasi berilgani haqida xabar bergan edi.

Ukrainaning “Ukrzaliznisa” temir yo‘l kompaniyasi ko‘prik joylashgan hududda elektropoyezdlar harakatini bekor qildi yoki chekladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!