Charter reyslarga qanday qilib yozilish, bilet olish mumkin?​

Charter reyslarga qanday qilib yozilish, bilet olish mumkin?​

- Davlatimiz tomonidan tashkil etilayotgan charter reyslarga qanday qilib yozilish yoki bilet olish mumkin?

AOKA shtabiga kelib tushayotgan savollarga Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Avazbek Xojimetov javob berdi.

- Vatanga qaytishni istagan xorijdagi hamyurtlarimiz chet eldagi diplomatik vakolatxonalarga telefon orqali yoki onlayn murojaat qilishlari talab etiladi.

Bunda pasport nusxasi, bog‘lanish ma’lumotlari, agar mavjud bo‘lsa “Uzbekistan Airways” AJ reyslariga amaldagi aviachipta nusxasini yuborish co‘raladi.

Amalga oshirilayotgan charter reyslar orqali vatanga birinchi galda keksa, kasal, homilador fuqarolar va yosh bolali ayollar qaytariladi.

Ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarga “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan bilet sotiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!