Charter reyslar orqali kelayotgan fuqarolar qancha miqdorda dori va tibbiy buyumlar olib kirishi mumkin?

Charter reyslar orqali kelayotgan fuqarolar qancha miqdorda dori va tibbiy buyumlar olib kirishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi 191-son “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq:

❗️Yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan quyidagilar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib o‘tilishi mumkin:

✅ turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori vositalari;

✅ 5 birlikdan ortiq bo‘lmagan tibbiy buyumlar.

☝️Bunda bir o‘ramda:

🔹qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun — 100 birlikdan ortiq emas;

🔹eritma tayyorlash uchun qo‘llaniladigan kukunlar uchun — 500 grammdan ortiq emas;

🔹granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun — 50 grammdan ortiq emas;

🔹infuzion eritmalar va oral (og‘iz orqali) qo‘llaniladigan eritmalar uchun — 500 millilitrdan ortiq emas;

🔹in’eksiyalar uchun eritmalar — 10 ampuladan yoki 10 flakondan ortiq emas;

🔹tashqi dorilar uchun — 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas.

📦 Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchining o‘ramida bo‘lishi kerak.

Bu haqda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!