Buyuk Britaniyada sigaret sotish taqiqlanadi

Buyuk Britaniyada sigaret sotish taqiqlanadi

Parlament 2009 yildan keyin tug‘ilgan fuqarolarga sigaret sotishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi. Bu chora Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak tomonidan ilgari surilgan. Sigareta va elektron sigareta to‘g‘risidagi qonun loyihasini 383 kishi yoqlab, 67 kishi esa qarshi bo‘lib ovoz bergan. Mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri Viktoriya Atkins o‘zining parlamentdagi chiqishida hujjat loyihasini qattiq himoya qilib, "tobelikda erkinlik yo‘q"ligini ta’kidladi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, bu yil 15 yoshga to‘lgan va undan kichik bolalar hech qachon qonuniy ravishda tamaki xarid qila olmaydi. Hujjatda, shuningdek, elektron sigareta mahsulotlarini bolalar uchun kamroq jozibador qilish hamda voyaga etmaganlarga tamaki yoki elektron sigareta mahsulotlarini sotganlarga nisbatan jamrimalar qo‘llashni tartibga soladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!