Buyuk Britaniya qirolichasi endi Barbadosga rahbarlik qilmaydi. Orol rasman respublika bo‘ladi

Buyuk Britaniya qirolichasi endi Barbadosga rahbarlik qilmaydi. Orol rasman respublika bo‘ladi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II endi Barbados monarxi bo‘lmaydi. Orol-davlat rasman respublika bo‘ladi, deya xabar bermoqda Meduza Loop nashriga tayanib.

Barbados general-gubernatori Sara Masonning aytishicha, bu 2021 yilda orol mustaqilligining 55 yilligi nishonlanadigan kunda amalga oshadi.

«Mustamlakachilik o‘tmishimizni ortda qoldirish vaqti keldi. Barbadosliklar o‘z davlat rahbariga ega bo‘lishni xohlaydi. Biz kim ekanligimiz va nimalarga erishishimiz mumkinligini bilamiz», — degan u.

Ma’lumot uchun, Barbados 1966 yilning 30-nayabrida Buyuk Britaniyadan rasman mustaqil bo‘lgan.

Qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakalari hisoblanmish, BMTga a’zo bo‘lgan 14 mustaqil davlatning hali ham rasmiy rahbari bo‘lib qolmoqda. Bunday mamlakatlarning eng kattasi Kanada va Avstraliyadir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!