Buxorolik yigit yaqin ishqiy munosabatda bo‘lgan qizdan 1000 dollar talab qildi

Buxorolik yigit yaqin ishqiy munosabatda bo‘lgan qizdan 1000 dollar talab qildi

Buxoroda 4 sentyabr kuni shaxsiy suratlarini tarqatib yubormaslik, qarindoshlariga ko‘rsatmaslik evaziga sobiq sevgilisidan ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 1986 yilda G‘ijduvonda tugilgan O‘.K. 2018 yil noyabr oyida R.A. ismli qiz bilan tanishib, yaqin ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ular avgust oyida tortishib qolgach, O‘.K. qizdan tovlamachilik yo‘li bilan pul ishlab olmoqchi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, O‘.K. qizni fotosuratlarini internetga tarqatish, qarindoshlariga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib undan ming dollar talab qilgan.

Bundan qo‘rqqan R.A. holat yuzasidan huquq targ‘ibot idoralariga murojaat qilgan. Buxoro shahrida O‘.K. 4 sentyabrda R.A.dan 500 dollar pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayatgan vaqtida, jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasiga (Tovlamachilik) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!