Nodirbek Abdusattorov O‘zbekiston uchun muhim g‘alabani taqdim etdi

Nodirbek Abdusattorov O‘zbekiston uchun muhim g‘alabani taqdim etdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat olimpiadasida mamlakatga muhim g‘alaba keltirdi.

Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 8-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Serbiyaga qarshi dona surdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar – Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyevlar durang natija qayd etishdi.

Nodirbek Abdusattorov esa hal qiluvchi pallada ajoyib o‘yin ko‘rsatib, raqibini mag‘lub qildi va O‘zbekiston uchun kerakli g‘alabani taqdim etdi.

Umumiy hisob: O‘zbekiston - Serbiya 2,5:1,5.

Qizlar jamoasi esa AQSh bilan to‘qnash keldi va 0,5:3,5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!