Buxorodagi 77 umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanadi

Buxorodagi 77 umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanadi

Buxoro viloyatidagi 77 umumta’lim maktablari uchun zamonaviy kompyuterlar to‘plami yetib keldi. Bu haqida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq zamonaviy o‘quv kompyuterlari to‘plami mamlakatimiz maktablariga tarqatilmoqda. Kompyuterlar yuklangan karvon Buxoro viloyatiga ham yetib keldi.

Yangi o‘quv yilida kompyuterlari ma’nan eskirgan 77 umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun, har bir to‘plam 16 dona kompyuter va zaruriy texnikalarni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!